Nufuzli delegatsiyani "Andijon invest kompaniyasi" boshqaruv raisi A.Ikramov hamda viloyat hokimining investitsiyalar bo'yicha o'rinbosari E.Ismoilov boshchiligidagi mutasaddilar samimiy kutib olindi. Uchrashuvda tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari va amaliy imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Mehmonlar Asaka shahri hokimi boshchiligida shaharda bunyod etilayotgan zamonaviy turar-joy majmualariga olib borildi va qurilish jarayonlari, loyiha imkoniyatlari bilan bevosita, joyida tanishib chiqdilar. Delegatsiya a'zolarida viloyatda yaratilayotgan qulay investitsiyaviy muhit va keng ko'lamli bunyodkorlik ishlari yuzasidan ijobiy taassurot qoldi.
ROX group kompaniyasi haqida
1996-yilda tashkil topgan
Ko'chmas mulk, texnologiyalar, mehmonxona va moliya xizmatlari yo'nalishlarida faoliyat yuritadi
Yillik daromadi — ~2,4 mlrd AQSh dollari, 2000+ nafar xodim
