Asosiy kontentga o'tish
Hukumat portali

Kompaniya haqida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, tashkil etilgan «Andijon Invest Kompaniyasi» – Andijon viloyati hokimligi muassisligida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyati bo‘lib, viloyatning investisiya muhitini yaxshilash, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish va iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish maqsadlarini ko‘zlaydi.

Kompaniyaning asosiy vazifa va maqsadlari quyidagilardan iborat:

Davlat va tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida hamkorlik qiladi – yer uchastkalari, infratuzilma, loyiha-ofislar va boshqa zarur resurslarni taqsimlashda investisiya loyihalarini amalga oshirishni soddalashtirishni nazarda tutadi.

Infratuzilma va transport, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantiradi – viloyat infratuzilmasini kuchaytirish, shaharsozlik ob’yektlari uchun injener-kommunikatsiyalarni tashkil qilish va talabga mos holda moddiy bazani yangilash vazifasini oladi.

Loyiha moliyalashtirish va resurslarni ta’sirli boshqaradi – investisiya loyihalarini moliyalashtirish, zarur mablag‘larni jalb qilish, byudjet va xususiy mablag‘lardan samarali foydalanishni nazarda tutadi.

“Andijon viloyatini rivojlantirish hududiy maqsadli jamg‘armasi” mablag‘larini boshqaradi"Andijon Invest Kompaniyasi" ga viloyat rivojlanish jamg‘armasi mablag‘lari boshqaruv huquqi berilgan. Bu jamg‘arma maxsus dolzarb infratuzilma loyihalari, aholi xizmatlari (kommunal, ijtimoiy ob’yektlar va h.k.) uchun sarflanadi.Qo'mitalar